15 iyundan boşlab, tadbirkorlik sub'yektlarida sanitariya talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus aniqlangan taqdirda, uşbu obektlarni va şaxslarni karantinga oliş bilan boğliq xarajatlar mazkur sub'yektlar hisobidan qoplanişi belgilandi.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekovning izohlaşiça, buning asosiy sababi – «yaşil» va «sariq» hududlarda joylaşgan quriliş, umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatişga ixtisoslaşgan tadbirkorlik sub'yektlari mas'uliyatni töliq his qilişi va karantin tadbirlariga rioya etişiga erişiş bilan boğliq.
«Bu kabi taşkilotlar faoliyat körsatayotgan paytda, albatta, xodimlari doka niqobda bölişini ta'minlasin. Umumiy ovqatlaniş muassasalarida xizmat körsatuvçi şaxslarning qölqopda va doka niqobda bölişi ta'minlansin. Mijozlari oraliq masofa saqlaşga rioya etişini nazorat qilsin. Har bir mijozdan keyin stol ustini dezinfeksion vositalar bilan işlov berilsin», – dedi Otabekov 15 iyun kuni AOKAda bölib ötgan brifingda.
Boş davlat sanitariya inspektori koronavirusga çalinganlarni karantinda saqlaş, davolaş, reabilitatsiya qiliş bilan boğliq xarajatlarning barçasi bunga qadar töliq davlat budjeti hisobidan qoplab kelinganini eslatib ötdi.
Ta'kidlanişiça, yangi tartib asosida respublikada oğir mehnatlar evaziga jilovlangan epidemik vaziyatni murakkablaştirib yubormaslik, yana karantin va çeklov tadbirlarining qattiq bölişiga yöl qöymaslik maqsad qilingan.
Nurmat Otabekov koronavirus aynan qaysidir tadbirkorlik sub'yektida yuqqanini qanday isbotlaş mumkinligiga oid masalaga ham izoh berdi.
«Epidemiologik suriştiruvlar paytida barça imkoniyatlar işga solinadi. Avvalo, kasallik qayerda yuqqani gumon qilinadi. Söng bu gipoteza tasdiqlanişi kerak böladi.
Tadbirkorlik sub'yektiga kasallik yuqtirgani aybini qöyiş asosiy maqsad emas. Tadbirkorlik sub'yektlari kasallik yuqtiriş uçun şart-şaroit yaratib bermaganini isbotlaş imkoniga ega. Buni sanitariya holatini nazorat qilib turadigan mas'ullar ham körişi mumkin», – dedi Otabekov.
Uning qöşimça qilişiça, har bir tadbirkorlik sub'yektiga bitta sanitariya vraçini nazorat qiliş uçun biriktirişning imkoni yöq. Şuning uçun tadbirkorlik sub'yektlari egalari videokuzatuv kameralaridan foydalanişi maqsadga muvofiq.
«Eng asosiysi, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat boşlaşiga ruxsat berilişidan töğri xulosa çiqarib, iş faoliyatiga mas'uliyat bilan yondaşişlari lozim», – dedi Boş davlat sanitariya inspektori.


















