Özbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qiliş uçun huquqiy asos yaratiş va çeklangan şerikçilik şartnomasi asosida investitsion loyihalarni amalga oşiriş qonun loyihasining maqsadi hisoblanadi.
Norma’ning yozişiça, çeklangan şerikçilik şartnomasi asosida ikkita yoki bir neçta şaxs (şerik) yuridik şaxs tuzib, öz mablağlarini birlaştiriş va şerikçilikdagi investitsion faoliyatni amalga oşiriş majburiyatini oladi.
Çeklangan şerikçilik şartnomasida şeriklar çeklangan şerikçilik şartnomasida (keyingi örinlarda – Şartnoma) körsatilgan doirada va hajmda iştirok etadi. Bunda bitta yoki bir neçta şerik (boşqaruv kompaniyasi) barça şeriklar nomidan hamkorlarning umumiy işini yuritadi.
Quyidagilar Şartnoma iştirokçilari bölişi mumkin:
şeriklar – Şartnomani tuzgan hamda hamkorlarning umumiy mulkiga öz hissasini qöşgan yuridik va jismoniy şaxslar;
boşqaruvçi kompaniya – tuzilgan şartnomaga muvofiq umumiy işlarni yuritadigan va investitsiyani boşqaradigan tijorat taşkiloti;
malakali investorlar – investitsion kompaniyalarga milliy valutada va/yoki MBning investitsiya kiritilgan sanadagi kursi böyiça xorijiy valutada BHMning 2 500 baravari miqdorida pul mablağlari körinişida investitsiya kiritgan yuridik va jismoniy, jumladan, xorijiy şaxslar;
Çeklangan şerikçilik iştirokçilari soni 50dan oşmasligi kerak.
Çeklangan şerikçilik, bank faoliyatidan taşqari istalgan qonuniy faoliyatni amalga oşirişi mumkin. U qonunçilik yoki Şartnoma taqdim etadigan barça huquq va imtiyozlarga, şu bilan birga, biznes, çeklangan şerikçilik maqsadi yoki faoliyatini yuritiş, rivojlantiriş yoki unga erişiş uçun lozim bölgan, yuridik şaxs vakolatlariga ega.
Çeklangan şerikçilikni ta'sisi etiş va uni röyxatdan ötkaziş uçun ustav va ta'sis şartnomasi talab etilmaydi. Mazkur holatda Şartnoma va umumiy işlarni yuritiş siyosati (investitsion deklaratsiya) ta'sis hujjatlari sanaladi.
Şartnomada “çeklangan şerikçilik” sözlarini öz içiga olgan çeklangan şerikçilik nomi va uning Tadbirkorlik sub'yektlarini Yagona davlat reyestrida röyxatga olişda olingan STIR raqami körsatiladi.













