Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya faoliyatini amalga oşiruvçi yuridik şaxslar işini taşkil etiş va ma’lumot almaşiş reglamentini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Gidrometeorologik faoliyat – meteorologiya, gidrologiya, glyatsiologiya, iqlimşunoslik, agrometeorologiya, aerologiya, aviatsiya meteorologiyasi, atrof tabiiy muhit ifloslanişining monitoringi va gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir körsatiş sohasidagi gidrometeorologik axborotni tayyorlaş (kuzatiş, yiğiş, unga işlov beriş, uni tahlil qiliş, saqlaş va undan foydalaniş), tarqatiş jarayonini muvofiqlaştiriş uçun yuridik şaxslar faoliyatini taşkil etiş va ma’lumot almaşiniş reglamenti tasdiqlanadi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi (“Özgidromet”) tomonidan gidrometeorologik faoliyatni amalga oşiruvçi yuridik şaxslarning gidrometeorologik kuzatuvlar idoraviy tarmoği uçun zarur metodik körsatmalar, tahliliy mahsulotlar va xizmatlar körsatiş tizimli taşkil etiladi.
Belgilanişiça, gidrometeorologik faoliyat bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar, fuqarolar va jamoat birlaşmalari özaro kelişuv şartnomalari orqali qonunçilikka muvofiq gidrometeorologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi – “Özgidromet” bilan ma’lumot almaşişi mumkin.













