Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxiatoş tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi ma'lum qildi.

Ilhom Matkarimov

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2020 yil 16 iyundagi qaroriga köra, Ilhom Matkarimov Taxiatoş tumani hokimi etib tayinlangan.

Ilhom Matkarimov mehnat faoliyati davomida soliq tizimida va Beruniy tumani hokimining birinçi örinbosari lavozimida işlagan. U 2018—2020 yillarda Möynoq tumanida prokuror, Özbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boşqarma boşliğining örinbosari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlaniş va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan.

Eslatib ötamiz, Taxiatoş tumanining avvalgi hokimi Farhod Allambergenov 8 iyun kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangandi.