Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2020/2021 öquv yili qabuli uçun OTMda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni taşkil etiş böyiça yöriqnoma işlab çiqildi. 

Vazirlik xabariga köra, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni taşkil etişda abituriyent imtihonga şaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişi lozim.

Ta'kidlanişiça, abituriyentlar imtihonga tibbiy niqob va qölqopda kiritiladi. 

Imtihonga kiriş oldidan har bir abituriyentning tana harorati ölçanadi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bölgan abituriyentlar imtihonlarga qöyilmaydi.

Bildirilişiça, ijodiy imtihonda bitta abituriyent uçun yarim soatdan bir soatgaça vaqt ajratiladi. 

Imtihonlar töliq videokuzatuv ostida ötkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi. 

Imtihon natijalari tegişli OTMning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.