AQŞ prezidenti Donald Tramp Kongressning ikkita palatasi ham tasdiqlagan «uyğurlar haqidagi» qonunni imzoladi. Bu qonun Vaşington tomonidan uyğurlarga tazyiq ötkazgan deb hisoblangan xitoylik mansabdorlarga sanksiya qöllaş imkonini beradi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytilgan.
Qonun loyihasini may oyida Kongressning har ikkala palatasi tasdiqlagandi. Qonun loyihasining muallifi respublikaçi senator sobiq prezidentlikka nomzod Marko Rubio. Qonunga köra, Vaşington tomonidan Xitoyda uyğurlarga va boşqa musulmonlarga nisbatan tazyiq ötkazgan deb topilgan mansabdor şaxslar AQŞ sanksiyalariga tuşadi. AQŞ bunday odamlarga viza bermasligi va ularning AQŞda mavjud boyliklarini muzlatişi mumkin böladi.
«Prezidentning diplomatik faoliyatiga putur yetkazmasligi kerak»
Oq uy rasmiy saytida Trampning qonunni imzolagani haqida bayonoti e'lon qilingan. Unda prezidentning xususan şunday gaplari keltirilgan: «Mening administratsiyam qonunning çeklovga tuşgan odamga nisbatan sanksiyani bekor qiliş uçun Kogressni ogoh qilişni nazarda tutuvçi 6(g) bölimiga amal qilişga harakat qiladi. Ammo bu jarayon prezidentning diplomatik faoliyat olib borişiga ta'sir ötkazmasligi ham inobatga olinadi», deb Trampning gaplari keltirilgan Oq uy saytida.
2018 yilda BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Mişel Baçalet Xitoyning Sinszyan provinsiyasidagi (Urumçi) axloq tuzatiş koloniyalarida 1 millionga yaqin uyğurlar noqonununiy uşlab turilgani haqida ma'lumot borligini aytgandi. Komissar bu ma'lumotni tekşiriş uçun Xitoyga xalqaro ekspertlar guruhini yuborişni taklif qilgan.
Ammo rasmiy Pekin barça ayblovlarni rad etib, lagerda terrorizm va ekstremistik ğoyalar ta'siriga tuşib qolganlar saqlanişini aytib keladi. Pekin bergan ma'lumotlarga köra, lagerda uşlab turilgan odamlarga Xitoy tilidan boşlanğiç ta'lim, kommunikatsion bilimlar va Xitoy qonunçiligi öqitiladi. Lagerlarda uşlab turilgan uyğurlar va musulmonlar soni aniq aytilmaydi.

















