Komissiyaning bu haqdagi qarori 14 iyun kuni e'lon qilindi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekovning izohlaşiça, buning asosiy sababi – «yaşil» va «sariq» hududlarda joylaşgan quriliş, umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatişga ixtisoslaşgan tadbirkorlik sub'yektlari mas'uliyatni töliq his qilişi va karantin tadbirlariga rioya etişiga erişiş bilan boğliq.

Nurmat Otabekov koronavirus aynan qaysidir tadbirkorlik sub'yektida yuqqanini qanday isbotlaş mumkinligiga oid masalaga quyidagiça izoh berdi:

«Epidemiologik suriştiruvlar paytida barça imkoniyatlar işga solinadi. Avvalo, kasallik qayerda yuqqani gumon qilinadi. Söng bu gipoteza tasdiqlanişi kerak böladi. Tadbirkorlik sub'yektiga kasallik yuqtirgani aybini qöyiş asosiy maqsad emas. Tadbirkorlik sub'yektlari kasallik yuqtiriş uçun şart-şaroit yaratib bermaganini isbotlaş imkoniga ega. Buni sanitariya holatini nazorat qilib turadigan mas'ullar ham körişi mumkin».

Uning qöşimça qilişiça, har bir tadbirkorlik sub'yektiga bitta sanitariya vraçini nazorat qiliş uçun biriktirişning imkoni yöq. Şuning uçun tadbirkorlik sub'yektlari egalari videokuzatuv kameralaridan foydalanişi maqsadga muvofiq.

«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi Qonunning 18-1-moddasiga köra, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş tartib-taomilining murakkablaştirilişi va tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilişini nazarda tutadigan, şuningdek ularning javobgarligiga oid yangi çoralarni belgilaydigan qonun hujjatlari rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kamida uç oydan keyin kuçga kirişi belgilab qöyilgan.

Komissiya qarori qonun hujjati hisoblanmasa-da, jamiyat hayotini tartibga solayotgan muhim qarorlar qabul qilayotgani, ularning ba'zilari tadbirkorlar faoliyatiga ham bevosita daxldorligini inobatga olib, yuqoridagi qonun talabiga amal qiliş lozim böladi.

Ya'ni, başarti, tadbirkorlik sub'yekti özining aybsizligini isbotlaşi uçun videokuzatuv kameralarini örnatiş talab qilinar ekan, uşbu işni bajarişi uçun unga kamida uç oy vaqt berilişi kerak va ayni şu muddat ötguniça videokuzatuv kameralari yöqligi vaji bilan tadbirkorlik sub'yektiga qöşimça majburiyatlar yuklaş qonuniy emas.