Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi tomonidan videokonferensiya tarzida taşkil etilgan seminarda “Auditorlik faoliyati töğrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri)ni ikkinçi öqişga tayyorlaş masalasi körib çiqildi.
Parlament saytida yozilişiça, qonun loyihasida auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oşiriş, auditorlik tekşiruvini ötkaziş huquqini beradigan tartiblarni soddalaştiriş közda tutilgan.
Bundan taşqari, auditorlarning samarali malaka oşiriş tizimini taşkil qiliş ham belgilanmoqda. Eng asosiysi, auditorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun qoğoz şakldagi litsenziya beriş tartibini bekor qilgan holda auditorlar va auditorlik taşkilotlarining soddalaştirilgan reyestrini qöllaş tartibi belgilanyapti.

Deputatlarning fikriça, auditorlik taşkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga bölgan talabning bekor qilinişi hamda aynan bitta xöjalik yurituvçi sub'yektda auditorlik tekşiruvlarini ötkaziş ketma-ket yetti yildan ortiq bölmagan muddatgaça uzaytirilişi uşbu faoliyat turini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
Qonun loyihasida dastlab auditorlik taşkilotlarini respublika jamoat birlaşmalariga majburiy a'zo qiliş belgilangandi. Bu amaliyot ayrim xorij mamlakatlarida ham mavjud. Muhokamalar jarayonida auditorlik taşkiloti tadbirkorlik bilan şuğullanişi inobatga olinib, ularni jamoat taşkilotlariga majburiy a'zo qiliş maqsadga muvofiq emasligi, mazkur normani loyihadan çiqarib taşlaş taklif qilingan edi. Deputatlar uşbu normani auditorlik taşkilotlarining huquqlariga kiritiş, a'zolik masalasi taşkilotning xohişiga köra, amalga oşirilişi lozimligini ta'kidlab ötişdi.

Auditorlik xizmati sifatini ta'minlaş va oşirib boriş maqsadida maxsus vakolatli davlat organi auditorlarning respublika jamoat birlaşmalari bilan birgalikda, auditorlik taşkilotlarining moliya-xöjalik faoliyatiga aralaşmagan holda, ularning iş sifatini taşqi nazoratdan ötkazib borişi belgilanmoqda. Şuningdek, auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oşiriş, auditorlik taşkilotida auditorlarning eng kam sonini amaldagi ikki nafardan kamida tört nafarga oşiriş talablari közda tutilgan bölib, bu öz navbatida, audit sifatini oşirişga imkon beradi.

















