Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi tegişli vazirlik va idoralar tomonidan berilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça yöl xaritasini tasdiqladi.

Komissiya raisi Tanzila Norboyeva komissiyaning 17 iyun kungi yiğilişida tasdiqlangan yöl xaritasidagi vazifalarni sanab ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Hujjatda quyidagilar belgilangan:

  • «Migratsiya töğrisida»gi qonun loyihasini işlab çiqiş;
  • «Nodavlat-notijorat taşkilotlari töğrisida»gi kodeks loyihasini xalqaro ekspertlar, fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etgan holda yanada takomillaştiriş;
  • Xalqaro mehnat taşkilotining 17-, 183-, 187-sonli konvensiyalarni ratifikatsiya qiliş;
  • Xalqaro mehnat taşkiloti bilan hamkorlikda «2021-2023 yillarga möljallangan Özbekistonda munosib mehnat böyiça mamlakat dasturi»ni işlab çiqiş (hozirda 2017-2020 yillar uçun möljallangan dastur amalga oşirilmoqda);
  • aholi bandligini ta'minlaş böyiça milliy strategiya loyihasini işlab çiqiş. Bunda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlar uçun munosib iş örinlarini yaratiş, norasmiy bandlikni keskin qisqartiriş masalalari nazarda tutiladi;
  • özbekistonlik migrantlar soni köp bölgan davlatlarda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini taşkil etişni davom ettiriş;
  • majburiy mehnatga yöl qöymaslik borasida Xalqaro mehnat taşkilotining uçinçi tomon monitoringi hamda milliy monitoring ötkaziş işlarini bu yil ham davom ettiriş;
  • paxta yiğim-terimi işlarining faqat klasterlar hamda fermer xöjaliklari tomonidan amalga oşirilişini ta'minlaş, uşbu işlarga hokimiyat vakillari aralaşuvining oldini oliş;
  • ijtimoiy xizmat mutaxassislarini jahon standartlari asosida tayyorlaş va öqitişni taşkil qiliş;
  • odam savdosi qurbonlarini xalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qiliş va ularni qayta yönaltirişning milliy mexanizmlarini joriy etiş bilan boğliq tegişli normativ-hujjat loyihasini işlab çiqiş;
  • odam savdosi jabrdiydalariga yordam beriş va ularni himoya qiliş böyiça respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini takomillaştiriş. Bunda markazning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, kadrlar salohiyatini oşiriş, mintaqaviy filiallarini taşkil qiliş, şuningdek, markazni Içki işlar vazirligi tizimiga ötkaziş;
  • çaqaloq savdosining kelib çiqiş sabablarini çuqur tahlil qilgan holda unga qarşi kuraş işlarini yanada kuçaytiriş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqib, tasdiqlaş. Bunda farzandlikka oliş bilan boğliq normativ-hujjatlarni takomillaştiriş e'tiborga olinadi.