Jumladan, Zafarobod tumanidagi yiliga 1,2 mln tonna sement işlab çiqariş quvvatiga ega "Huaxin Cement Jizzakh" MÇJ QKning dastlabki bosqiçi ham 2020 yilda işga tuşiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 150,0 mln dollarni taşkil etiladi. Korxona foydalanişga topşirilgaç, 300 dan ortiq yangi iş örinlari yaratiladi. Yangi zavodda kelgusida M-400 va M-500 markadagi sifatli sement mahsulotlari işlab çiqariladi. Buning uçun korxonaga eng sönggi rusumdagi energiya tejamkor, ekologiyaga ta'sir kuçi kam bölgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Ayni paytda bu yerda uskunalarni sozlaş va obodonlaştiriş işlari davom etmoqda.

Qayd etiş kerak, viloyatda 2021-2022 yillarda ham xorijiy investitsiya hisobiga bir qator loyihalar amalga oşiriladi. Mazkur dasturga köra, hududda umumiy qiymati 145 mln dollar bölgan, yiliga 810 ming tonna sement işlab çiqariş quvvatiga ega yangi sement zavodi - "Ekosement" MÇJ barpo etiladi. Hozirda yangi sement zavodini quriş va Xitoy davlatidan asbob-uskunalar olib keliş işlari boşlangan.
Bundan taşqari, Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi doirasida 2020-2022 yillarda qöşimça ravişda umumiy qiymati 5 trln 751 mlrd sömlik 54 ta quriliş materiallari işlab çiqariş loyihasi amalga oşirilişi va 2 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratilişi rejalaştirilgan. Jumladan, Foriş tumanida yiliga 35 ming tonna bazalt tolasidan issiqlik saqlovçi materiallar işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan "Basalt Wool" MÇJ barpo etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 60,1 mln dollarni taşkil etadi.
“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi
Matbuot xizmati

















