AQŞ prezidenti Donald Tramp gipertovuşli qurol yaratiş böyiça dasturlarni tezkorlik bilan amalga oşiriş uçun harbiy davr qonuniga muvofiq harakat qilgan. 1950 yilda Koreya uruşidan keyin qabul qilingan mudofaa sanoati haqidagi uşbu qonun uruş yoki favqulodda vaziyat holatlarida qöllanadi.

Trampning ta'kidlaşiça, uşbu qonun bunday texnologiyalarni rivojlantiriş oldiga qöyilgan vazifalarni hal qiliş uçun eng iqtisodiy samarali usul hisoblanadi. Jumladan, Pentagon gipertovuşli qurol işlab çiqarişda AQŞning Rossiya va Xitoydan ortda qolayotganini bir neça marta tan olgan.        

Avvalroq Tramp AQŞ hozirda mavjud raketalardan 17 marta tezroq bölgan gipertovuşli raketa işlab çiqayotganini ma'lum qilgandi. Uning aytişiça, raketa 1,6 ming km uzoqlikdagi nişonni 35,5 sm gaça aniqlikda möljalga oladi. Yanada avvalroq u bunday qurolni “super-puper raketa” deb atagandi hamda AQŞ “misli körilmagan darajadagi” texnikani “raqiblar” sababli işlab çiqişga majbur bölayotganini aytgan.