Dastlabki qismi mart oyida foydalanişga topşirilgan uşbu majmuaning umumiy maydoni salkam 15 gektarni taşkil etadi. Jami 20 ming öringa möljallangan karantin hududida hozir 15 mingga yaqin fuqaro bölib turibdi.

Ularga 1010 nafar tibbiy va texnik xodimlar xizmat körsatmoqda. Bu yerda Soğliqni saqlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi va Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari faoliyat olib borişmoqda.

Karantin markazida maxsus oşxona taşkil etilgan. Ovqat şu yerda tayyorlanadi. Boşqa keltirilgan yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari bir martalik idişlarda, sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda yetkazib beriladi.

Karantin hududida tibbiy masalalar böyiça direktor örinbosari Otabek Imomov karantindagi fuqarolarga yetkaziladigan oziq-ovqat ta'minoti haqida ma'lumot berdi.

«Uşbu karantin markazi 3ta hududga bölingan. Hozir biz turgan joy «yaşil» hudud. Içkaridagi bloklar «qizil» hududdir. Oziq-ovqat maxsus maşinalarga ortiladi va «sariq» hudud böylab boriladi, «sariq» va «qizil» hudud çegarasigaça olib boriladi. Içkaridagi xodimlar tomonidan ovqat olinadi. Maşina ovqatni berib bölgaç, dezinfeksiya qilinadi va qaytib keladi.

Berilayotgan ovqat bir marotabalik idişlarda beriladi, böşaganidan keyin zararsizlantiriladi va yoqiladi.

Karantinda saqlanadigan fuqaroga bir kunlik oziq-ovqat xarajati 78280 sömni taşkil qiladi.

Karantin markazida fuqarolarning yaşaş şaroiti bilan tanişiş maqsadida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi, BMT, YeXHT va JSSTning Özbekistondagi vakolatxonalari vakillari taşrif buyurişdi. Markaz xodimlari ularga bu yerdagi şart-şaroitlar haqida axborot berişdi.