24 iyun kuni Kun.uz saytida «Qöşrabotda odam urib ketgan şaxs tovon puli tölamadi, MIB yanvardagi sud ajrimini hamon ijro etmagan» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Majburiy ijro byurosi mazkur muammo 25 iyun kuni hal etilganini ma'lum qilib, maqolaga batafsil munosabatini bildirdi.
«KUN.uz axborot saytida «Qöşrabotda odam urib ketgan şaxs tovon puli tölamadi, MIB yanvardagi sud ajrimini hamon ijro etmagan» sarlavhali maqola naşr etilgan.
Unda 2019 yil 20 sentyabrda mast holda va haydovçilik guvohnomasisiz bölgan N.Qöşmatov Nurota-Mitan-Qöşrabot yönalişida «Neksiya» avtomaşinasida katta tezklikda harakatlanib kelib, yöl çetida ketayotgan ayol N.T.ni urib ketib, unga oğir jarohat yetkazganligi sababli, undan jabrlanuvçiga 28 mln 810 ming söm zarar undiriş belgilangan bölsada, bugungi kunga qadar MIB xodimlari tomonidan undirib berilmagani va boşqa qator holatlar aks ettirilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işlari böyiça Qöşrabot tuman sudining hukmiga köra, Nuriddin Qöşmatovdan jabrlanuvçi N.T. foydasiga 28 mln 810 ming 234 söm moddiy zarar undiriş belgilangan bölib, mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Qöşrabot tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgan va qarzdorlikni undiriş borasida ijro harakatlari amalga oşirilgan.
Jumladan, MIB tuman bölimining davlat ijroçisi tomonidan xolislar va mahalla faollari iştirokida N.Qöşmatovning yaşaş xonadoni közdan keçirilgan, lekin uning uyida birinçi ehtiyojdan boşqa undiruv qaratilişi mumkin bölgan mol-mulki yoki pul mablağlari yöqligi aniqlangan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida N.Qöşmatov nomiga rasmiylaştirilgan «Neksiya» rusumli avtotransport vositasi rasmiylaştirilganligi aniqlanib, taqiq qöyilgan.
Biroq, uşbu avtotransport vositasini xatlaş va sotuvga çiqariş maqsadida 21.04.2020 yilda N.Qöşmatovning yaşaş manzili közdan keçirilganda, avtomaşina yöqligi, noma'lum joyga yaşirib qöyilgani aniqlangan. Şu sababli, 27.04.2020 yilda davlat ijroçisining qarori bilan uşbu avtomaşinaga qidiruv e'lon qilinib, qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida tuman IIB YHXBga yuborilgan.
Tuman MIB hamda YHXB bilan hamkorlikda amalga oşirilgan qidiruv tadbirlari natijasida, 2020 yil 2 iyun kuni N.Qöşmatovning nomiga rasmiylaştirilgan «Neksiya» rusumli avtotransport vositasi tumanning «Qöralos» qişloğida aniqlanib, xolislar iştirokida xatlangan va «Said» MÇJga qaraşli saqlaş maydonçasiga qöyilgan.


















