· 2013 yilda taşkil topgan mazkur mahallada namunaviy loyihalar asosidagi 830 ta hamda yakka tartibdagi 1 ming 682 ta uy mavjud. Bu yerda 12 500 aholi yaşaydi.

Namangan şahri Içki işlar boşqarmasi axborot-kommunikatsiya ta'minoti guruhi katta inspektori, katta leytenant Ikrom Ubaydullayev bizni “aqlli şahar” dasturi bilan taniştirdi:
– Mazkur dastur Namangan şahrining onlayn rejimda işlaydigan boş xaritasi hisoblanadi. U “aqlli şahar” va sun'iy ong modeli asosida yaratilgan. Namangan şahridagi jamiki yönalişlar böyiça qanday ma'lumot bölsa, barçasi mazkur dasturga integratsiya qilingan.
Dasturga şahardagi 395ta kuzatuv kamerasi onlayn rejimda ulangan. Hozirda şahar böyiça 6 mingta kamera örnatilgan bölib, ular ham bosqiçma-bosqiç dasturga ulanadi. Dastur dastlab şahar içki işlar boşqarmasi doirasida axborot tizimi sifatida foydalanilgan. Ammo hozirda uning qamrovi ança kengaygan bölib, barça sohalar – quriliş, tibbiyot, iqtisodiyot, qişloq xöjaligi, mehnat bozori, ta'lim, xizmat körsatiş, barça-barçasi ulangan.


Mazkur tizimda barça körsatkiçlar geoxarita orqali monitorda aks etadi. Jumladan, aholi soni, yolğiz keksalar, ta'lim muassasalari, mehnat bozori, investitsiyaviy loyihalar, kambağal oilalar, kriminogen muhit kabi ma'lumotlar uzluksiz kiritib boriladi.
Tajriba sifatida işga tuşirilgan bu tizim keyinçalik barça sohalardagi elektron bazalarga ulanadi. Natijada şahardagi ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlarni onlayn kuzatiş, vaziyatni xolis baholaş, muammolarni nazoratga oliş va kerakli çora-tadbirlar köriş mumkin böladi. Bu esa aholining osoyiştaligi va xavfsizligini ta'minlaşda muhim samara beradi, – deya tuşuntiriş berdi I. Ubaydullayev.

Davlat rahbari bu mahalla tajribasi bilan tanişiş çoğida:
- Viloyatdagi sektorlar rahbarlari endi jinoyatçilikka qarşi kuraşda natija böyiça javob beradi. Jinoyat qança kamaydi, qaysi adaşganni töğri yölga qaytardi degan savollarga javob topiş uçun mana şu tizimga ötayapmiz. Ham iqtisodiyotni, ham jinoyatçilikni, ham tinçlikni, ham adolatni joyiga qöysak, xalqimiz uçun munosib şaroit yaratgan bölamiz, - dedi.


















