Zangiota tumanida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun maxsus shifoxona qurilgani bois, hududlarni toifalarga ajratish boshlanganidan beri tuman «qizil hudud» sifatida qolmoqda.
Ayrim tadbirkorlar karantin tufayli 3 oy sabr qilganlari, endi savdo qilmasa, boshqa tirikchilik manbayi yo‘qligini aytishmoqda.
Shu bilan birga, ayni bozorning ishlamayotgani aholiga ham qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Ayni paytda bozor tashqarisida kechayotgan savdo-sotiq ishlari karantin qoidalariga, sanitariya-gigiyena talablariga mos emas. Shunday ekan, balki belgilangan barcha talablarga rioya etgan holda bozor faoliyatini qayta yuritishga ruxsat berish kerakdir?











