Bugun, 29 iyun kuni Milliy matbuot markazida oliy ta'lim masalalariga bağişlab ötkazilgan matbuot anjumanida ijodiy imtihonlar ötkazilişi uçun joylar qanday tanlanişi haqida ma'lumot berildi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi boşqarma boşliği Abduvali Holiqovning aytişiça, pandemiya şaroiti tufayli ijodiy imtihonlarni qayerda ötkazişni hal qiliş har bir OTM rektorlarining vakolatiga berilgan.

«Oliy ta'lim muassasalarii hujjat topşirgan abituriyentlar tarkibi va ularning yaşaş hududini örganib çiqib, tegişli vazirliklar bilan hamkorlikda ijodiy imtihon topşiriş joyini belgilaydi.

Masalan, Madaniyat va san'at instituti Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda vaziyatni tahlil qiladi va abituriyentlar uçun imtihon ötkaziş joyini belgilaydi», deya ta'kidladi vazirlik vakili.

Şuningdek, ötgan yili OTMga hujjatining aslini topşirgan, biroq talaba böla olmagan abituriyentlar hujjatlarini qaytarib oliş uçun öşa OTMda taşkil etilgan call-markaz’ga qönğiroq qilişi lozim böladi.

Eslatib ötamiz, kiriş imtihonlari uçun test topşiradigan abituriyentlarda imtihon topşiriş hududini tanlaş imkoni bor. Respublika böyiça jami 64ta bino kiriş imtihonlarini ötkaziş uçun tanlab olingan.