Davlat qabul komissiyasining 2-son bayoni qabul qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
Hujjat bilan, pandemiya sababli 2020/21 öquv yili qabulida istisno tariqasida ham test, ham ijodiy (kasbiy) imtihon ötkaziladigan bakalavriat yönalişlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari bilan almaştirildi.
Şundan kelib çiqqan holda, mazkur 12ta ta'lim yönalişiga hujjat topşirgan abituriyentlarga test topşiradigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bölgan qöşimça 4 tagaça bakalavriat ta'lim yönalişlarini tanlaş huquqi berildi.

7200ga yaqin abituriyent 16 avgustgaça (şu kuni ham) qöşimça 4ta yönalişni tanlaşi mumkin. Buning uçun ular abitur.dtm.uz portalidagi şaxsiy kabinetiga kirib, arizasiga özgartiriş kiritişi lozim.
Bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev keltirgan ma'lumotlarga köra:
- Arxitektura yönalişidagi Matematika (3,2) + Ona tili va adabiyot (3,1) majmuasi faqat 2 ta yönalişda bor: Sotsiologiya hamda Kutubxona-axborot faoliyati.
- Jurnalistikadagi Ona tili va adabiyot (3,2) + Çet tili (3,1) majmuasi faqat Noşirlik işi yönalişida bor.
- Dinşunoslik va Islomşunoslikdagi Çet tili (3,2) + Tarix (3,1) majmuasi boşqa birorta yönalişda yöq.


















