Davlat test markazi tomonidan 2020-2021 öquv yili qabulida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlari uçun test sinovlarini ötkaziş rejalaştirilgan binolar röyxati e'lon qilindi.

Mazkur röyxatda binolarning viloyatlararo taqsimlanişi, ularning test ötkaziladigan neçançi bino sifatida qayd etilgani, manzili va lokatsiyasi körsatilgan.

Röyxatga köra, Toşkent şahri hududidan 12ta, Surxondaryo viloyatidan 9ta, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona viloyatida 6tadan, Qaşqadaryo, Samarqand, Namangan viloyatlaridan 5tadan bino tanlab olingan. Bundan taşqari, qolgan barça viloyatlardan ham 3-4tadan bino test ötkazilişi uçun möljallangan.

Binolar röyxati va lokatsiyasi bilan DTM rasmiy sayti orqali tanişiş mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq boş vazirning ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Behzod Musayev 2020-2021 öquv yili kiriş imtihonlarini ötkaziş uçun respublika böylab 64 ta bino tanlab olinganini, ularning qaysi hududlarda joylaşgani 5 kun içida ommaga ma'lum qilinişini ta'kidlagan edi.