Avvalo, fermerlar yaylovlar bilan ta'minlanadi. Yaqin ikki oy ichida «merinos» zotli qo‘y va «angor» zotli echkilarni yetishtirish xo‘jaliklariga Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 3 ming gektardan, Jizzax, Samarqand, Toshkent viloyatlaridan 2 ming gektardan, Namangan viloyatidan 1 ming gektar yer maydonlari ajratiladi. Yil oxiriga qadar tog‘oldi yaylovlar uchun qurg‘oqchilikka chidamli ozuqa ekinlari birlamchi urug‘chiligi tashkil etiladi, deb yozmoqda Norma.
2021 yil 1 yanvardan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga subsidiyalar ajratiladi. Qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm qo‘y va echkilarning juni uchun 2 000 so‘mdan to‘lanadi. Budjet mablag‘lari hisobiga subsidiyalar berish «O‘zbekchorvanasl» agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘y va echkilarni yaylovlarga haydab boqish, junni qayta ishlash, bo‘yash va qo‘lda gilam to‘qish bo‘yicha loyihalar tashabbuskorlariga, istisno tariqasida, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bir vaqtning o‘zida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham beriladi.
Bevosita gilamlarni tayyorlash va realizatsiya qilish bo‘yicha:
birinchidan, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan tashkilotlar va hunarmandlar Xalq banki, Mikrokreditbank yoki Agrobankdan imtiyozli – MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha 18 oyga, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan foiz stavkasining ¼ qismi qoplangan holda 250 BHMgacha summada kredit olishlari mumkin;
ikkinchidan, 2020 yil 15 iyuldan boshlab «O‘zbekipaksanoati» uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir gilam va ipak mato to‘qish dastgohi uchun 10 BHM subsidiyalar ajratiladi. Qo‘shimcha sharti – uchtadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish;
uchinchidan, quyidagilarni eksport qilish bo‘yicha transport xarajatlari 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi:
a) tugunli gilamlar va boshqa polga to‘shaladigan to‘qima qoplamalar, tayyor va tayyor bo‘lmaganlari:
tarkibida 10 foizdan ortiq shoyi iplar yoki ipak chiqitlaridan yigirilgan iplar bo‘lgan, tarandilardan tashqari (TIF TN kodi 5701 10 100 0);

















