Andijondagi qiynoq voqeasi bo‘yicha sud ochiq tarzda o‘tkaziladi - Oliy sud
Andijondagi qiynoq voqeasiga oid sud ochiq tarzda o‘tkaziladi, sudda jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Andijondagi qiynoq ishi bilan bog‘liq sud jarayonlari qay tartibda o‘tishi haqida ma'lumot berib, sud jarayonini to‘liq va oshkora yoritishga barcha sharoit yaratib berilishini ma'lum qildi.
«Andijondagi qiynoq bilan bog‘liq ishning tergov harakatlari yakunlanib, sud ish yurituviga o‘tkazilgach, ishning ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ko‘rib chiqilishi ta'minlanadi», dedi Oliy sud vakili.
Uning qayd etishicha, voqeaga bog‘liq sud ochiq tarzda o‘tkaziladi. Va sudda jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Sud jarayonini to‘liq va oshkora yoritishga barcha sharoit yaratib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 30 may kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon shahar, Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kelib tushgan.
Aniqlanishicha, IIB JQB tezkor vakillari ish yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaro A.A.ni IIB ma'muriy binosiga olib kelib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.
Jabrlanuvchi A.A.ga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan u 11.06.2020 yilda vafot etgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektorda Andijon va Chiroqchida ichki ishlar organlari binosida tergov qilingan fuqarolar qiynoq oqibatida vafot etgan holatlarga munosabat bildirib, ichki ishlar organlari rahbarlarini bu holatlar uchun tanqid qilgandi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
Jahon | 12:16
-
Durovni hayratlantira olgan va Telegram’ni o‘zbek tilida «gapirtirgan» tadbirkor: Timur Bakiyev bilan suhbat
O‘zbekiston | 12:00
-
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
Iqtisodiyot | 11:57
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilib borishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:53
Mavzuga oid

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

08:31 / 09.05.2025