Murojaatçilarga «xöp, şifokorlar adaşişgandir», dedik. «Yöq, nega bu vaqt oraliğida bolani körsatişmadi? Könglimizda şubha bor» deya e'tiroz bildirişdi. Şundan söng murojaatni örganiş uçun Toyloq tumanida böldik.

«26 iyun kuni kelinimni şifoxonaga olib keldik. Uning birinçi farzandi, qolaversa, jussasi ham biroz kiçikligi uçun operatsiya yöli bilan dunyoga keltirişni taklif qilişdi. Rozi böldik. Ma'lum vaqt ötgandan söng şifokorlar operatsiya yaxşi ötgani va öğil nabirali bölganimni aytişdi. Xursand böldik, yaqinlarga xabar berdik. Kelinim va nabiramning ahvoli yaxşilangunga qadar şifoxona yaqinida bölib turdim. Döxtirlardan bir neça marta ularning ahvolini söradim.

28 iyun kuni tuşlikdan keyin şifokorlar uyimizga borişdi. «Öşa kuni xato bölibdi, sizlarga notöğri xabar beribmiz. Nabiralaringiz öğil emas, qizaloq ekan», deyişdi. Qiz ham, öğil ham — farzand, ammo könglimga şubha tuşdi: yaqinlar, qarindoşlar oldida uyatli bölib qoldik», deydi Toyloq tumani «Taraqqiyot» MFYda istiqomat qiluvçi Oysara Safarova.

Çaqaloqning onasi Farangiz Obloberdiyeva bilan suhbatlaşganimizda, bola özining farzandi ekanligiga işonmayotganini ma'lum qildi.
«Tuğruqdan oldingi tekşiruvlarda ham menga farzandim öğil bola ekanligi aytilgandi. Jonlantiriş bölimida edim, öşa vaqtda farzandimni qölimga olmagan bölsam, bu gapga qanday işonay?», dedi u.

Öşa kuni operatsiya jarayonida bevosita iştirok etgan tuğruqxona bölimi boşliği bilan suhbatlaşdik. U ayol mustaqil farzandini dunyoga keltira olmasligi ma'lum bölgaç, operatsiya qilişga töğri kelganini aytdi.
«Operatsiya yaxşi ötdi. Ammo kimdir öğil farzand tuğildi, deb notöğri ma'lumot beribdi. Öşa vaqtda çaqaloqning jinsiga e'tibor bermaganman, hamşiralarga topşirganman», dedi Şuhrat Qarşiboyev.
Haqiqatga oydinlik kiritiş aslida unçalik ham muammo emas. Biroq ayni vaqtda bir holat kişi könglini xira qiladi. Bunday vaziyatda hammaning ham köngliga şubha tuşiş ehtimoli bor. Bu inson omili bilan boğliq jarayon. Zamonaviy texnologiyalar yordamida qizaloq haqiqatan ham F.Obloberdiyevaning zurriyodi ekanligini aniqlaşning imkoni bor. Masala şundaki, ular bugun özini izza bölgandek his qilişyapti. Vaziyatga e'tiborsizlik, loqaydlik, deb baho berişmoqda.




















