Karantin qoidalarini buzgan haydovçilarning transport vositalari jarima maydonlariga qöyilib, karantin tugamaganligi, yoinki qöllanilgan jarima summalari tölanmaganligi vaji bilan uşlab turilganligi, bu esa amaldagi qonun hujjatlariga zid ekanligi haqida maqola e'lon qilingan edi. 

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB Kun.uz'da e'lon qilingan mazkur maqolaga munosabat bildirdi.

Unda Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2020 yil 23 martdagi 176-son qarorida Maxsus komissiyaga zarur hollarda qöşimça keçiktirib bölmaydigan tadbirlarni amalga oşiriş böyiça qaror qabul qiliş vakolati berilganligi, şuningdek, uning öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, idoraviy böysunuvi va taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar, barça taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari, şuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy etib belgilanganligi yana bir bor eslatiladi.

Maqolaga bildirilgan munosabatda maşinalar jarima maydonlaridan nega qöyib yuborilmayotgani haqidagi savolga Maxsus komissiyaning 2020 yil 4 apreldagi yiğiliş qarorida ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi qaror belgilangan tartibda ijro etilganidan yoxud ijrosi tugatilgandan söng avtotransport vositasi jarima maydonçasidan olib çiqib ketilişi belgilab qöyilganligi bilan izoh berilgan.

Tuşunişimizça, bu izohdan “ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi qaror belgilangan tartibda ijro etilganidan yoxud ijrosi tugatilgandan söng” jumlasi “ma'muriy jarima tölab qöyilganidan söng” degan ma'no kelib çiqmoqda. Bundan çiqdi, ma'muriy jarima tölansagina, avtotransport vositasi jarima maydonçasidan olib çiqib ketilişi mumkin.

Eng ajablanarlisi, Maxsus komissiya qarorida bunday qoida borligini endi körib turibmiz. Çunki, avval birorta manbada bu haqida ma'lumot berilmagan edi. OAV orqali berilgan ma'lumotlarda karantin qoidalari buzilgani uçun transport vositalari karantin davrida jarima maydonlarida uşlab turilişi ta'kidlangandi xolos.

Vaholanki, MJtKning 291-moddasida huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositasi uşlab turiş sababi bartaraf etilgunga va ma'muriy iş körib çiqilgunga qadar uşlab turilişi mumkinligi qayd etilgan. “Ma'muriy iş körib çiqilişi” bilan “qaror ijro etilişi” orasida katta farq bor, albatta.