Koronavirus pandemiyasi ortida kiritilgan çeklovlar sababli deyarli 4 oy faoliyat yuritmagan Luvr muzeyi 6 iyulda yana taşriflar uçun oçildi.
Muzey ma'muriyati koronavirusga çaliniş xavfini minimallaştiriş uçun taşrif buyuruvçilarga nisbatan qat'iy çeklovlar joriy qilgan. Jumladan, Fransiyaning eng yirik badiiy muzeyiga keluvçilar çiptalarni aniq körsatilgan vaqtga oldindan xarid qilişlari, navbat hosil qilmasliklari va niqob taqişlari lozim.
Ta'kidlanişiça, taşrif uçun muzey zallarining 70 foizi oçiq böladi. Muzeyda mehmonlar intiqliq bilan kutilayotgan bölsa-da, ular kuçaytirilgan sanitar xavfsizlik şaroitlarida qabul qilinadi.
Ekspozitsiyalarni tomoşa qiliş qat'iy bir yönaliş böyiça amalga oşiriladi.
Luvr pandemiyagaça yiliga 9,6 mln kişini qabul qilgan. 2020 yil esa muzey uçun joriy asr boşidan beri eng yomoni bölişi kutilmoqda. “Biz eng yaxşi holatda odatdagi taşrifçilarning 20-30 foizini kutmoqdamiz”, deb aytgan muzey prezidenti Jan-Lyuk Martinez.
Iyun oxirida Parijning yana bir diqqatga sazovor joyi – Eyfel minorasi taşriflar uçun oçilgandi.

















