Viloyat rahbari viloyatda epidemiologik vaziyat haqida gapirib, fuqarolarni karantin qoidalariga rioya etişga çaqirgan.
«Eng ayançlisi şundaki, kuni keça viloyatimizda olib borilayotgan davolaş-profilaktika tadbirlari, tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlariga qaramay, ilk bor ölim holati qayd etildi», degan u.
Ölim holati aynan qaçon yuz bergani, bemorning yoşi va jinsiga doir ma'lumotlarni keltirmagan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida Sanoat quriliş bank boşqaruvçisi örinbosari X.Ş. koronavirusdan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Soğliqni saqlaş vazirligi hozirça uşbu viloyatda koronavirusdan ölim röy bergani haqidagi xabarni tasdiqlamagan.
Ma'lumot uçun, Navoiy viloyatida şu kungaça koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq 295 holat qayd etilgan, 252 bemor tuzalib çiqqan.
Viloyatda bugungi kunda 2086 nafar fuqaro karantinga olingan, şundan 1095 nafari statsionar şaroitda, 991 nafari uyda nazoratga olingan.

















