Foto: Milliy olimpiya qömitasi

MOQ matbuot xizmati xabarida aytilişiça, federatsiya raisligiga boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev nomzodi ilgari surildi.  

Taklif bir ovozdan ma'qullanib, Öktam Barnoyev Yilqiçilik va ot sporti federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.

Şuningdek, Feruz Abdullayev rais örinbosari, Kamol Xudoyberdiyev esa federatsiya raisining örinbosari – boş kotibi, Bahrom Norqobilov, hamda “Özbegim otlari” ot zavodi rahbari Avaz Ismoilov esa jamoatçilik asosida federatsiya raisining örinbosarlari etib saylanişdi.

Sohaning yetuk mutaxassislari Bahrom Gaziyev hamda Akmal Toşov ham federatsiya raisining örinbosarlari sifatida jamoatçilik asosida faoliyatini davom ettirişadi.