Tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov aholidan karantin çeklovlari qaytarilişini töğri tuşunişga çaqirdi.

«Karantinni mensimagan davlatlar, xususan, Yevropa davlatlari 2-3 haftaga keçikdi. Şuning uçun bugungi holatda karantinga qaytiş kasallik avj olişining oldini olişga qaratilgan bölib, buni xalq töğri tuşunişi kerak. Ijtimoiy obektlar yopiladi va çeklovlar kuçayişi mumkin, lekin bu xalq soğligini öylab qilinyapti. Özbekistonda birinçilardan bölib taşkil etilgan karantin zonalari JSST tomonidan ham e'tirof etildi. Biroq hozir kasallanayotganlar soni imkoniyatlarimizdan köp», deydi u.
Anvar Alimovning ma'lum qilişiça, Özbekistonda koronavirusga çalinganlarning 5 foizida kasallik oğir bosqiçda keçmoqda.
«Özbekistonda kasalliniş holatlari körsatkiçi bir hafta oldin 100 ming aholiga 25 kişi töğri kelayotgandi. Bir hafta içida bu körsatkiç 35ga yaqinlaşdi.
Dunyo böyiça ölim körsatkiçi umumiy 5 foiz, Yevropada 12 foiz, AQŞda 9 foiz, Rossiyada 1,5 foiz, Özbekistonda 0,3 foizni taşkil qilmoqda.
Koronavirusning grippga nisbatan ölim körsatkiçi 10 baravar yuqori. Gripp va boşqa ORVI kasalliklarida 98 foiz holatda xastalik taşqi simptomlar bilan keçsa, koronavirusda 70-80 foiz holatda simptomsiz keçmoqda. Kasallik Özbekistonda 5 foiz holatda oğir bosqiçda keçmoqda», degan u.
AOKAda ötkazilgan brifingda Özbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot tizimiga tuşayotgan yuklama boşqa kasalliklarga çalingan bemorlarga yordam körsatişni qiyinlaştirayotganini ta'kidlab ötildi.
«Özbekistonda tibbiyot yönalişiga ketayotgan xarajatlar 1 trln sömdan oşib ketdi. 1 mln 200 mingdan ortiq taşxis qöyiş testlari işlatildi. Respublikada mavjud kasalxonalar jami örin fondlarining 12 foizi faqatgina koronavirus bemorlari uçun ajratilgan. Xususan, yuqumli kasalliklar, köp tarmoqli kattalar şifoxonalari, köp tarmoqli bolalar şifoxonalari, tumanlardagi reabilitatsion bölimlar, ixtisoslaşgan kasalxonalar, jumladan, 4ta endokrinologiya şifoxonasi koronavirus bemorlarini qabul qilmoqda.
Kasallik körsatkiçlarining bunday oşişi tibbiyot tizimiga yuklamani şunçalik oşirişi mumkinki, tibbiyotning boşqa yönalişlari – kardiologiya, onkologiya va boşqa yönalişlardagi kasalliklarga e'tibor susayişi, ularga ajratilgan örinlarning ham koronavirusni davolaş uçun berilişiga sabab böladi, natijada boşqa kasalliklarning oğir keçişi, surunkali şaklga ötişi ehtimoli oşadi.

















