Içki işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosovning sözlariga köra, Maxsus komissiyaning 33-sonli qarori bilan belgilangan talab yuzasidan tez orada batafsil ma'lumot beriladi.
«Hozirda Maxsus komissiya tomonidan çeklovlarning aniq tartibi işlab çiqilyapti. Öylaymanki, ertaga alohida brifing qilib, aniq tartibini sizlarga yetkazamiz.
Hozir paytdan foydalanib, barça fuqarolarimiz avtotransport bilan boğliq işlarini şu ikki kun içida bitirib, oxiriga yetkazib olişlari maqsadga muvofiq», – dedi IIV rasmiysi 8 iyul kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida.

Şuningdek, hududlar örtasida avtotransportlar qatnovi ham taqiqlanmoqda. Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarga tegişli xizmat va şaxsiy avtotransportlar harakati bundan mustasno.
«Viloyatlararo transportlar harakati özi taqiqlangan, lekin Toşkent şahri va Toşkent viloyati örtasida işga qatnovçilarga ruxsat berilgan edi. Endilikda bu ham taqiqlanadi. Ya'ni butun respublika hududi «qizil» hududga aylanadi», – dedi Şohrux Ğiyosov.
Uning qöşimça qilişiça, maxsus stikerga ega avtomobillar harakatiga ruxsat etiladi.


















