Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov AOKAda ötkazilgan brifingda yangi karantin çeklovlari tufayli ijodiy imtihonlar ötkaziş muddati keçiktirilişini ma'lum qildi.
«Ijodiy imtihonlar 25 iyuldan boşlanişi kerak edi. Biroq ularning muddatida karantin çeklovlari kuçaytirilgani tufayli özgariş böladi. Ijodiy imtihonlar 1 avgustdan keyin boşlanadi. Imtihon muddatidagi 5-6 kunlik keçiktiriş ularning davomiyligi va sifatiga ta'sir etmaydi. Sababi imtihonlar 20 kunga möljallangan va bu muddat özgarmaydi», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, Inomjon Majidov OTMlarga hujjat topşiriş masalalarida heç qanday qiyinçilik yöqligini, ta'limning barça şakllari uçun, ijodiy, kunduzgi, sirtqi ta'lim şakllari uçun hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinayotganini ma'lum qildi.
«Bundan taşqari, öqişni qaçon va qanday boşlaş borasida vaziyatdan kelib çiqib bir qarorga kelinadi. Bu qarantin çeklovlari qanday bölişiga va testlarning qaçon ötkazilişiga ham boğliq böladi», deya qayd etdi Inomjon Majidov.
Eslatib ötamiz, avvalroq kasbiy-ijodiy yönaliş böyiça imtihon topşiradiganlar (test mavjud bölmagan) yönalişlar uçun imtihonlar 25 iyuldan 20 avgustgaça davom etişi ma'lum qilingan edi.


















