Xursanjon Boratov Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Xursanjon Bahromovich Boratov 1972 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1996 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan, soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
X.Boratov bungacha Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi. U 2019 yil noyabridan buyon Qo‘qon shahar DSI boshlig‘i bo‘lgan, 8 iyul kuni prezident videoselektorida ishdan olingan Muhiddinjon Turdiqulov o‘rnida ish boshladi.
Shuningdek, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Uchqo‘rg‘on tumanlarida, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida DSI boshliqlari o‘zgargan.
Hikmatilloxon Sotvoldiyev Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Hikmatilloxon Akmaldinxonovich Sotvoldiyev 1986 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U 2007 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialini, 2015 yilda esa Soliq akademiyasini tamomlagan, soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
X.Sotvoldiyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lovozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U bu lavozimda 2019 yil aprelidan buyon ishlab kelgan Jasurbek Mashrapovni almashtirdi.
Shohrux Azbekov Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
















