AOKAda ötkazilgan brifingda tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov koronavirusni boşqarişga erişiş imkoni haqida aytib ötdi.

«Dunyo statistikasiga köra, aholining 60 foizida immunitet paydo bölsa, pandemiya holati yuzaga kelmaydi va virusni boşqariş mumkin böladi. Buning uçun vaksinatsiya ham katta omil bölib xizmat qiladi», deya Alimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mutaxassis Özbekistonda immunoferment körsatkiçlari böyiça tahlillar olib borilayotganini bildirib ötdi.

«Rossiyada ötkazilgan immunoferment tahlillarga köra, ularda kollektiv immunitet 13 foizni taşkil qilmoqda. Ya'ni bir nafar bemorga 3ta kasallikning simptomsiz keçiş holati töğri kelmoqda.

Biz ham immunoferment tahlillarini ötkazişni boşladik», dedi Alimov.

  • Ma'lumot uçun, immunoferment tahlil - inson organizmi koronavirus infeksiyasi yuqqanidan söng kamida bir hafta ötgaç organizm unga qarşi işlab çiqargan antitanaçalarni aniqlaydi. Test qon namunalaridagi immunoglobulinni aniqlab beradi. Immunoferment tahlil odatda OIV-infeksiyani aniqlaşda işlatilardi.