«Karantin zonada har kimning tajribasi har xil bölgan bölişi mumkin. Çunki, mening nazarimda, umumiy tartib, yöriqnomalar yöq. Quyida mening tajribam keltirilgan», deya yozadi u.

Birinçi kun

Camolyot yerga qönişi bilan tartibsizlik, mavhumlik boşlandi. Heç kim nima qilişimiz kerakligini, bizni nima kutayotganini aytmadi, karantin zonasiga joylaşiş jarayoni böyiça tuşuntiriş bermadi.

Samolyotga oq «skafandr»dagilar çiqib, pasportlarni yiğib olib, keyin ötirib kutib turinglar, deb iltimos qildi. Şunga qaramay, hamma sekin-asta örnidan turib, çiqişni boşladi. Taşqarida esa bizni avtobuslar, turli xodimlar va tartibsizlik kutardi.

Oramizda qança odam mehmonxonaga joylaşişni reja qilib kelgandi. Şu bois hammamiz közimizga köringan xodimdan qanday qilib mehmonxonaga joylaşsa böladi, deb söray boşladik. Tabiiyki, bu savolning javobini heç kim bilmasdi.

Bagajlarimiz nima bölişi haqida ham heç kim tayinli gap aytmadi. Avtobus liq töla. Kimdir maskasini yeçib taşlagan, kimdir şofyordan eşikni oçişini, çekişga çiqmoqçiligini söragan, kimdir qaçon yurişimizni, bagajni kutamizmi-yöqmi, şunga qiziqqan.

Şunday qilib, pastdagi tartibsizlikdan yölovçilar ham tartibsizlaşgan. Avtobus haydovçisi savollar köpligi, javob bera olmasligidan oxiri eşiklarni yopib tuşib ketdi. Avtobusda bir soatdan köproq ötirdik. Orada kimdir çiqib, avtobusdagilarni naq tört marta sanab ketdi.

Birozdan keyin avtobusimizdagi bir xola janjal kötara boşladi. Va nihoyat, yana yarim soatlar ötib, avtobus yurdi. Xursand bölgandik, u esa bizni sal nariga olib borib, kolonna taşkillaştiriş uçun töxtagan ekan. Yana yarim soatlardan söng karantin zonasi tomon yöl oldik.

Eski ToşMIga yaqinlaşganimizda avtobus yana töxtadi. Yarim soatça turdik şu yerda. Sababini bilmaymiz. Uzun-quloq gaplarga qaraganda, bir-ikkita pasport yetişmayotgan ekan. Orada odamlar haydovçidan eşikni oçişini talab qilib, kimdir nafas oliş uçun, kimdir çekişga taşqariga çiqdi.

Karantin zonasiga yetib keldik. U yerda köp töxtalmadik. Blok va qatorlar tayyor, bizni kutyapti. Lekin konteynerlarga joylaşiş tartibi yöq. Har kim öz-öziça konteynerlarga joylaşib olyapti. Kimlardir siğmay, boşqa konteynerga möralagan.

Biz ham tört kişi bölib birga turamiz, deb kelişdik. Avtobusdan tuşib konteynerga joylaşmoqçi edik, qatorda odam köpayib ketdi, kuting deyişdi. Eşik oldi liq tölgan. Avtobusda orqadagilar ham xuddi nimadandir quruq qolayotgandek tiqilib kelgan. Bir oyoqda zörğa turibmiz.