«Koronavirus kasalligi yurtimizga kirib kelganidan beri davlatimiz rahbari epidemiologik holatni jiddiy nazoratga olib, deyarli har bir yiğilişda bu masalaga töxtalib ötmoqda. Keça bölib ötgan selektorda ham joylarda bu boradagi işlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisoboti eşitilgan edi. Ularning hozirgi murakkab vaziyatni töğri baholay olmayotgani, xavfni tuşunib yetmayotgani ayonlaşdi.
Ayniqsa, Toşkent şahri va poytaxt viloyatida hokimlar va sektorlar rahbarlari işonib topşirilgan hududlardagi haqiqiy ahvolni örganmagan. Tibbiyot muassasalaridagi real vaziyatni bilmaydi. Aholini virusdan ogohlantiriş va saqlaş, kasallarni öz vaqtida va töğri davolaş uçun mas'uliyatni his qilmagan», dedi bugungi yiğilişda davlat rahbari.
Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ham, keyingi bir oyda koronavirusni davolaş strategiyasi va taktikasi keskin buzilgan, real holatdan kelib çiqib, davolaş amaliyoti özgartirilmagan.
Toşkent şahrida kasallikni aniqlaydigan testlar va zarur tibbiyot vositalari yetişmayapti. Dorixonalarda virus va isitmaga qarşi preparatlar narxi asossiz, bir neça barobar oşirib yuborilgan, bu esa aholi orasida köplab e'tirozlarga sabab bölmoqda.
Ayni paytda Toşkent şahri şifoxonalarida 418ta, Toşkent viloyatida esa 816ta ştat birliklari böş turgani vazirlik va hokimiyat tomonidan joriy vaziyat öz holiga taşlab qöyilganidan dalolat beradi.
Yiğilişda aholi koronavirus va boşqa kasalliklar böyiça qayerga borib murojaat qilişni va davolanişni bilmay, sarson bölayotgani, şoşilinç tibbiy yordamga qönğiroq qilib tuşiş qiyinlaşib ketgani ta'kidlangan.

– Yana bir bor ta'kidlayman. Ayni paytda butun dunyo, şu jumladan, biz ham körinmas duşman bilan çin ma'noda uruş olib boryapmiz. Bu virusning barça xavf va xatarini töğri baholab, har tomonlama tayyorgarlik körib kuraşsak, uni albatta yengamiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
















