Buyuk Britaniya kiberxavfsizlik milliy markazi (NCSC) rossiyalik xakerlarni Britaniyaning Covid-19ga qarşi işlab çiqayotgan vaksinasi töğrisidagi ma'lumotlarni öğirlaşga urinişda aybladi.

Ta'kidlanişiça, NCSC Kanada kommunikatsiya xavfsizligi markazi bilan birgalikda hujumlar ortida «deyarli Rossiya maxsus xizmatlari tarkibiga kiradigan» APT29 xakerlik guruhi turganini aniqlagan.  

APT29 2020 yil davomida Kanada, AQŞ va Buyuk Britaniyadagi Covid-19ga qarşi vaksina işlab çiqişda iştirok etayotgan turli taşkilotlarga hujum uyuştirgan.   

Qayd etilişiça, APT29 «intellektual mulk»ni öğirlaş maqsadida hukumat, diplomatik, tahliliy, tibbiy va energetika obektlariga tez-tez hujumlar uyuştiradi.

Buyuk Britaniya rossiyalik xakerlar Covid-19ga qarşi vaksina töğrisidagi ma'lumotlarni öğirlaşga uringanlikda gumon qilayotgani haqida 4 may kuni The Guardian xabar qilgandi.

Avvalroq Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasi Rossiya 2019 yil dekabrda bölib ötgan Britaniya parlamentiga saylovlar natijasiga ta'sir körsatişga uringanligini ta'kidlagandi.