Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshidan beri dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni 14 milliondan oshiqni tashkil etmoqda, 595 mingdan ortiq inson kasallik qurboniga aylangan.

Hindistonda millionta zararlanish
Hindiston shikastlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda (AQSh va Braziliyadan keyingi) uchinchi o‘ringa chiqib oldi. 1,3 milliard aholiga ega davlat uchun bir million bemor unchalik ham qo‘rqinchli vaziyat bo‘lib ko‘rinmas, ammo kasallik to‘xtovsiz tarqaldi va sog‘liqni saqlash tizimi bemorlar bilan ko‘milib qolgan bo‘lishi mumkin.

Qat'iy karantin choralari yumshatilgandan so‘ng rasmiylar nisbatan ko‘proq shikastlangan hududlar uchun muayyan cheklovlarni qayta joriy etmoqda.

Braziliyada kasallanganlar 2 milliondan ortgan
Braziliya hududida virus tashxisi qo‘yilgan bemorlar ko‘rsatkichi 2 million nafardan oshib ketdi va ko‘rinishidan, kasallik tarqalishi sekinlashmayapti.

AFP

Braziliya aholisi taxminan 210 mln kishidan iborat. Mamlakat shikastlanish holatlari bo‘yicha dunyoda AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Prezident Jair Bolsonaru virusning xavfli emasligiga ishonishda davom etmoqda, vaholanki bir hafta oldin uning koronavirusga topshirgan tahlillari musbat natijani ko‘rsatgan.

Rasmiy statistikaga muvofiq, koronavirus 79 mingdan ortiq inson hayotiga zomin bo‘lgan, ammo haqiqiy ko‘rsatkichlar bundan yuqori bo‘lishi mumkin.

Qozog‘istondagi vaziyat: shifoxonalar to‘lib-toshgan, dori-darmon tanqis

AQShda rekord darajadagi shikastlanish ko‘rsatkichi
AQShda pandemiya boshlanganidan beri kunlik shikastlanishning eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etildi - 74,5 ming holat. Jons Hopkins universitetti ma'lumotlariga ko‘ra, kasallanganlarning umumiy soni hozirda 3,57 mln nafardan ortiqni tashkil etmoqda.