Soğlom aqlga siğmaydigan bu xabar oğizdan-oğizga, kanallardan kanallarga köçdi. Unga işonganlar ham tabiiyki köplab topildi.
Ta'kidlaş joiz, bu bunday mazmundagi xabarlarning birinçisi emas. Karantin endi boşlanganda, 16 mart kuni ijtimoiy tarmoqlar, xususan telegram kanallarda «Bugun 23:00 va tonggi 5:00gaça vertolyotlar dezinfeksiya uçun dori sepadi. Deraza va balkonlar yopiq bölişi lozim va soat 23:00dan keyin köçalarda yuriş mumkin emas. Harbiy qismdan xabar berişdi», degan xabarlar tarqalgandi.
Dastlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu xabarni rad etgan, şundan söng Vazirlar Mahkamasining matbuot xizmati ham öz munosabatini bildirgandi:
«Mazkur xabar soxta va uydirma bölib, heç qanday asos va mantiqqa ega emas. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan esa bunday mazmundagi soxta va yolğon xabarlarga e'tibor bermasliklarini va kör-körona tarqatmasliklarini söraymiz. Bunday paytda faqat rasmiy manbaga tayaniş kerakligini yani bir bor iltimos qilamiz» – deyilgandi unda.
Bu safar tabiiyki bunday mazmundagi xabarlarga rasman munosabat bildiriş ham lozim topilmadi. Çunki oddiy mantiqqa suyanilsa, ularning naqadar asossizligi ma'lum böladi. Avvalo, vertolyotlar orqali dezinfeksiya qiliş rejasi biror marta körib çiqilmagan.
Ikkinçidan, nafaqat butun Özbekiston hududini, balki örtaça bir tuman hududini ham vertolyotda dezinfeksiya qiliş orqali töliq qamrab oliş qiyin. Va nihoyat uçinçidan, virus ongli mavjudot emaski, yuqori dorilanganda pastga qoçib tuşsa va odamlarga yopişsa.
Vertolyotlarda dori sepiş rejasi bölmasa-da, vahima tarqatganlik uçun jinoiy javobgarlik bor va bu haqda AOKA boş direktori v.b. Dilşod Saidjonov eslatib ötgan:
«Vahima çiqarişga qaratilgan materiallarni tayyorlaş yoki ularni tarqatiş maqsadida saqlaş 44 mln 600 ming sömdan 89 mln 200 ming sömgaça miqdorda jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Aholi orasida vahima çiqarişga qaratilgan ma'lumotlar va materiallarni har qanday şaklda tarqatiş 66 mln 900 ming sömdan 89 mln 200 ming sömgaça miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi».
















