Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov buxoroliklarga murojaat bilan çiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bergan.
Buxoroda COVID-19 bilan oğrigan bemorlar soni 591 nafarga yetgan bölib, ulardan 530 nafari, ya'ni 90 foizi kasallikdan töliq soğaygan. 4 nafar fuqaro vafot etgan. Davolanayotgan bemorlardan 4 nafarining ahvoli oğir, 8 nafari örta oğir holatda. Ayni vaqtda jami 5 ming 262 nafar buxoroliklar karantinga olingan.
Bemorlarni statsionar şaroitda davolaş maqsadida qator tibbiyot muassasalarida jami 930ta örin mobilizatsiya qilingan. Viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri, ftiziatriya va pulmonologiya markazi va Buxoro şahar tibbiyot birlaşmasida jami 300ta örin hozirlab qöyilgan.
«Viloyatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolaş uçun 10 ming bemorga yetadigan, umumiy qiymati 5 milliard 200 million sömlik 49 turdagi dori vositalari zahirasi şakllantirildi. Mavjud tibbiyot muassasalarini kerakli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta'minlaş maqsadida bir oyda 9 milliard 500 million söm (3 ming nafar bemorni davolaş uçun) mablağ talab etilişini inobatga olgan holda, viloyatda 3 oylik dori vositalari zahirasini yaratiş maqsadida zarur çoralar körilmoqda», degan Karim Kamolov buxoroliklarga qilgan murojaatida.
Viloyat hokimining ma'lum qilişiça, tez tibbiy yordam çaqiruvlarida aloqa va xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş uçun qator çoralar körilib, 103 xizmatining çaqiriqlarga uzluksiz va öz vaqtida javob berişi kafolatlanmoqda.
Şu maqsadda viloyatda 223-40-45 raqamli koll-markaz faoliyati yölga qöyilib, bugungaça 1 ming 119ta murojaat qabul qilingan va aholiga zarur tibbiy maslahat berilgan. Ayni paytda hududda 153ta tez tibbiy yordam brigadasi va 15ta maxsus reanimatsion brigada faoliyat körsatmoqda.
Şuningdek, viloyatda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va soliq idoralarida tuzilgan doimiy işçi guruhlar tomonidan dehqon bozorlari va yirik savdo majmualarida narxlarni asossiz ravişda oşirganlarga nisbatan qonuniy çora körilayotgani ma'lum qilingan.
Ta'kidlanişiça, Buxoroda iyul oyda non mahsulotlari narxi oşişining oldini oliş maqsadida 532ta korxona 7 ming 254 tonna un mahsuloti bilan ta'minlangan. Jumladan, 240ta qolipli non işlab çiqaruvçi korxonaga 2 ming 831 tonna, 284ta çakana savdo korxonasiga 4 ming 386 tonna va 8ta makaron işlab çiqaruvçi korxonaga 37 tonna un yetkazilgan.














