«Uning ta'siri o‘pka holatini yaxshilashi isbotlangan» – JSST samarasiz deb topgan dori O‘zbekistonda qo‘llanayotganiga izoh berildi
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Feruza Hamroboyeva JSST tomonidan samarasiz deb topilgan «Gidroksixloroxin» preparati O‘zbekistonda koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlarni davolash uchun qo‘llanayotgani haqidagi munozaralar yuzasidan izoh berdi.

Foto: AFP
«2020 yil fevral oyida fransuz olimlari yangi koronavirusga qarshi ikkita mavjud dori preparatlari: gidroksixlorin va azitromitsinning kombinatsiyasidan foydalanishning klinik tajribasi muvaffaqiyatli natijasi to‘g‘risida ma'lum qilishdi.
Fransuz olimlari gidroksixloroxin preparatini alohida va antibiotik ta'sirga ega azitromitsin bilan birga COVID-19’ni davolash uchun birinchi marta klinik tajribadan o‘tkazishdi. Davolashning beshinchi kunida barcha bemorlarda koronavirusga test tahlili manfiy natija ko‘rsatdi. Ya'ni besh kun ichida klinik tajribadagi barcha bemorlar koronavirusdan sog‘ayishdi.
Xitoydagi tadqiqotlar ham bezgakka qarshi qo‘llanib kelingan ushbu dori pnevmoniya rivojlanishini to‘xtatishda, o‘pka holatini yaxshilashga va kasallik davomiyligini qisqartirishga samarali ta'sirini ko‘rsatgan. Tadqiqot mualliflari koronavirusni davolash uchun har kuni 500 mg xloroxinni 10 kun davomida qabul qilish yetarliligini ta'kidlashgan», deya shtab a'zosining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, shu yilning iyunida AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) kasalxonaga yotqizilgan bemorlarni koronavirusdan davolashda bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlaridan foydalanishga bergan ruxsatini bekor qilgandi. Iyul oyida Braziliya infektologlari jamiyati gidroksixloroxinni Covid-19’ga qarshi samarasiz deb topdi va ushbu preparatdan foydalanmaslikka chaqirdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu bori koronavirusdan uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga tavsiya qilingan dorilar jamlanmasiga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 20:04
-
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
Jahon | 20:02
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
Mavzuga oid

10:49 / 25.12.2020
SSV: Vazirliklar qo‘shma qarori talabalar va pedagoglar salomatligini o‘ylab qabul qilingan

19:16 / 24.12.2020
Shodmonov Trampning maqtovidan keyin gidroksixloroxinni sotib olish masalasi ko‘rila boshlanganini aytdi

10:59 / 22.12.2020
Bosh vazir ruxsati bilan yana gidroksixloroxin olinmoqda. Talabalar bu shubhali dorini qabul qilishga majburmi?

16:19 / 19.12.2020