Ma'lum qilinişiça, mazkur quriliş Toşkent şahar hokimining 2019 yil 28 martdagi 467-sonli qarori asosida, 25 mln. AQŞ dollaridan kam bölmagan investitsiya kiritiş şarti bilan, kompaniyaga ajratib berilgan.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxöjayevning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, bu yerda 1-2-3-qavatlari savdo dökonlari, yuqori qavatlari ofislardan iborat 9 qavatli bino qurilişi rejalaştirilgan.


«IMP NEW PAY» nomi bilan 2016 yil 19 avgustda Çexiya Respublikasida davlat röyxatidan ötgan kompaniya haqida oçiq ma'lumotlar bazasida bir qança qiziq faktlar taqdim etilgan. Unga muvofiq, kompaniya ta'sisçilari özbekistonlik Isroil Yunusov hamda germaniyalik Pol Braytenbah hisoblanadi.
Yaşaş manzili Toşkent şahridagi Karvon berk köçasi, 10 uy etib belgilangan kompaniya ta'sisçilaridan biri Isroil Yunusov «IMP NEW PAY» ning 95 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Germaniya fuqarosi esa 5 foiz aksiyani boşqaradi. Şuningdek, kompaniyaning ustav kapitali 1000 çex kronasini (taxminan 39 dollar) taşkil etadi.
Oçiq ma'lumotlar bazasida yuridik manzili Çexiyaning Karlovi Vari şahrida körsatilgan kompaniya direktori sifatida Murat Madenov ismi yozilgan. Çexiyada uy-joy xaridi va sotuvi bilan şuğullanuvçi saytlarda şunday ismli şaxs makler ekani körsatiladi.
Booking.com sayti ma'lumotiga köra, Murat Madenov ismli şaxs Karlovi Vari şahrida istiqomat qiladi va uylarni ijaraga ham topşiradi. U Çexiyada 13 yildan buyon doimiy yaşaşi, uşbu biznes bilan 6 yildan beri şuğullanişi haqida ma'lumot yozib qoldirgan.



















