Ön kundan oşdiki, Uzoq Şarqdagi Xabarovsk şahrida namoyişlar tinmayapti. Guvohlarning sözlariga köra, 18-19 iyul kunlarida 40-50 ming nafar namoyişçi Xabarovsk köçalarida çiqqan.

9 iyul kuni Xabarovsk ölkasi gubernatori Sergey Furgal maxsus xizmat xodimlari tomonidan qölga olinib, Moskvaga olib ketilgandi. Furgal 2004-2005 yillarda, tadbirkorlik qilib yurgan paytida 3 nafar tadbirkorni öldirişda gumon qilinyapti. U hibsga olinişi ortidan ölkani namoyişlar tölqini qamrab oldi.

Xabarovsk Foto: Reuters

Namoyişçilar Putinni oşkora haqorat qilib hayqirişmoqda va undan Furgalni darhol ozod qilişni talab etişmoqda. Namoyişçilar «Furgalni bizga qaytar», «Furgal bizning tanlovimiz bölgan», «Furgaldan qölingni tort» kabi şiorlar yozilgan bannerlarni kötarişgan.

Xabarovsk Foto: AP/TASS
Foto: AR/TASS
Foto: Dmitriy Morgulis/TASS

Furgalning hibsga olinişi rossiyaliklar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinmoqda. Aksariyat rossiyaliklarning fikriça, Sergey Furgal muxolif qaraşlari tufayli yolğon ayblovlar bilan hibsga olindi. Sergey Furgal Rossiya hududlaridagi muxolif partiya vakillaridan saylangan kam sonli rahbarlardan biri hisoblanardi.

Sergey Furgal qölga olingaç LDPR rahbari Jirinovskiy Dumada qilgan çiqişida Rossiya hukumati va prezidentini jiddiy ayblab, hukumat muxolifat vakillariga şu zaylda munosabatda bölaversa, amaldagi hukumatga qarşi inqilob uyuştiriş bilan tahdid