Rossiya liberal demokratik partiyasi deputati, Moskva merligiga sobiq nomzod Mixail Degtyaryov Xabarovsk ölkasi gubernatorligini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi. Mamlakat prezidenti Vladimir Putin bu haqda tegişli farmoyiş imzoladi.

Hujjatda körsatilişiça, hududning hibsga olingan gubernatori Sergey Furgal işonçni yöqotganligi uçun lavozimidan çetlatilgan.

Putin videoanjuman körinişida ötgan suhbat çoğida unga uşbu lavozimni taklif qilgan. Degtyaryov Xabarovsk ölkasiga zudlik bilan uçib ketişga tayyorligini bildirgan.

Iyul örtalarida Dumaning ekologiya va atrof-muhitni himoya qiliş böyiça qömitasi raisi örinbosari, LDPR deputati Kirill Çerkasov Degtyaryovni Furgal örniga tayinlanuvçilar qatoriga kiritgandi. Ehtimoliy nomzodlar orasida undan taşqari Dumaning iqtisodiyot va tadbirkorlik böyiça qömitasi raisi Sergey Jigarev va LDPR deputati Andrey Andreyçenkolar bor edi.

Mixail Degtyaryov 39 yoşda. 2011 yildan buyon LDPRdan davlat Dumasiga deputat hisoblanadi. Degtyaryov şov-şuvli taşabbuslar muallifi sifatida tanilgan. Xususan, u 2013 yilda Rossiyada dollarni taqiqlaşni taklif qilgandi (qonun loyihasini keyinçalik qaytarib olgan). Beş yildan keyin esa AQŞning Moskvadagi elçixonasi poçta manzilini Şimoliy Amerika boşi brek köçasi, 1-uy deb özgartirişni taklif qilgan.

Degtyaryov Moskva merligiga saylovlarda ikki marta qatnaşgan. 2013 yilda atigi 2,86 foiz ovoz olgan. 2018 yilgi saylovlarda esa 6 foiz ovoz olgan.

Xabarovskning endilikda sobiq gubernatori Sergey Furgal 9 iyul kuni qölga olindi. Unga qotillikka uriniş va 2004-2005 yillarda tadbirkorlarning öldirilişini taşkillaştiriş ayblovlari qöyilgan.

Gubernator qölga olingan kundan Xabarovskda uni qöllab-quvvatlovçi namoyişlar boşlanib ketdi. Ön kundan buyon davom etayotgan namoyişlarda ön minglab kişilar qatnaşmoqda, ular Furgalning ozod etilişini talab qilmoqda.