Özbekiston Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi tibbiyot sohasida siqilgan kisloroddan foydalanişdagi xavfli jihatlari, xavfsizlik texnikasi xususida ekspertlar bayonini taqdim etdi. Kislorod ballonlaridan foydalanişning xavfli omillari - bu uning tez yoniş xususiyati, şu jumladan, yonğinga xavfliligi va portlovçi gaz xususiyatlariga ega ekanligi hisoblanadi, deyiladi bayonotda.

Kislorod kimyoviy element sifatida toksik xususiyatga ega emas, u öz-özidan portlamaydi va yonmaydi, ammo u kuçli oksidlovçi hisoblanadi va turli materiallarning yonişini faollaştiradi. Tibbiy maqsadlarda işlatiladigan siqilgan kislorod balloni

15-20 MPa ga teng yuqori bosimga ega. Siqilgan kislorod ballonlari kök (havo) rangda böladi hamda qora rangdagi “Kislorod” yozuvi bilan belgilanadi.

Yoğ va moylar bilan reaksiyaga kirişganda, kislorod issiqlik çiqişi bilan darhol oksidlanadi, bu esa yonğin va portlaşga olib keladi.

Kislorod ballonlarini saqlaş va ulardan foydalanişga faqatgina ularning barqaror, yiqilişiga yöl qöyilmagan (tik) holatdagina ruxsat etiladi. Kislorod ballonlari yaqinida çekiş, oçiq olov manbalaridan foydalaniş mumkin emas.

Yodingizda tuting!

Kislorod ballonlaridan foydalanilganda, asbob-uskunalar, xodimlarning qöllari va kiyimlari yoğ va moydan tozalangan bölişi lozim! Kislorod ballonlari bilan işlaşda spirt, leykoplastir, dezinfeksiyalaş vositasi yoki boşqa yonişi mumkin bölgan manbalarni  işlatiş taqiqlanadi. Sintetik matodan tikilgan kiyimlarda işlaş mumkin emas.

Kislorod ballonlari joylaşgan xonada tez yonuvçan moddalar mavjud bölmasligi, oçiq şamollatiş, xonadagi havoni boşqariş uçun vositalarning bölişligi, şuningdek, u yerdagi odamlar sonini çeklaş lozim. Yonğinlarning oldini oliş uçun atrof-muhitdagi kislorod miqdori hajm böyiça 23% dan oşmasligi kerak. Xonadagi kislorod miqdorining yuqori bölişi uçqunsiz yonğin çiqişiga olib kelişi mumkin! Kislorod saqlanadigan xonani tozalaş toza suv va oddiy mato yordamida amalga oşiriladi.

Ballondagi kran reduktorining ventili, bosim keskin kötarilişining oldini oliş uçun, kislorod yuborişdan oldin va keyin asta-sekinlik bilan oçiladi. Manometrni kuzatib boring! Ventilni oçiş uçun bolğa işlatiş mumkin emas. Ventil işlamay qolganda ballonga, “Ehtiyot böling, nuqsonli ventil. Ballon töliq” deb yozib qöyiladi. “Kislorod” yoki “Moy xavfli” yozuvi bölmagan bosim ölçagiçlari (manometr)dan foydalaniş taqiqlanadi. Ventilni oçiş vaqtida reduktor va kislorod yetkazib beruvçi liniyaning röparasida turiş mumkin emas. Kislorodni havoga çiqarmang! Bu sizning kiyimlaringiz va binolaringizda töplanib, yonğin yoki portlaşga olib kelişi mumkin!