Joriy yilning 29 may kuni poytaxt havosi tarkibidagi kislorod miqdori me’yoridan pasayib ketgani aytilmoqda. Bunga bir neça omillar ta’sir qilgan bölişi mumkin.

Iqtimşunos Erkin Abdulahatov Toşkent şahrida havo tarkibidagi kislorod miqdori pasayib ketgani haqida yozdi.

Havaskor tadqiqotçilardan biri 29 may kuni poytaxtda havo tarkibidagi kislorod ölçanganda miqdor 19,5 foizdan pasayib ketgani, aksinça havoda azot miqdori sezilarli ortganini aniqlagan.

Kislorod yetişmovçiligi kişilarning töyib uxlamasligida yaqqol körinadi. Ayni köklamda poytaxtda kislorod yetişmovçiligi iqlimiy omil, sun’iy suv obektlarining kamligi sabab röy bermoqda. Sun’iy suv obektlarida xlorella kabi suv ötlarini köpaytiriş vaziyatni birmunça yumşatadi. Kelgusida poytaxt va yirik şaharlarda ham Argentinaning yirik şaharlaridagi kabi havo tarkibidagi karbonat angidridni yutib, doimiy kislorod işlab çiqaradigan qurilmalar örnatişga ehtiyoj oşib boraveradi.

Uning qöşimça qilişiça, harorat kötarilişi havo tarkibidagi kislorod kamayişi va atmosfera bosimining pasayişi surunkali kislorod yetişmovçiligiga olib keladi. Bu arterial gipertoniya, yurakning işemik xastaligi, nafas oliş öpka kasalliklari bölgan bemorlarga salbiy ta’sir qiladi.

Ayniqsa, yirik şaharlar, yaşil fitomassa, sun’iy suv obektlaridan holi yirik tekislik şaharlarda bu yanada kuçli seziladi. Toğ etaklari, yaşil qoplamalar, köplab suv obektlari atrofidagi hududlarda bu kabi holat kuzatilmaydi hisob.

“Yuqoridagi xastalikka moyil aholi qatlami şifokor bilan maslahatlaşib, nafas oliş maşqlarini bajarişi, nisbatan sovuq suv muolajalarini qabul qilişi, yurak-qon tomir faoliyatini rostlovçi dori-darmonlarni iste’mol qilişi tavsiya etiladi. Nisbatan salqin joylarda yuriş, kuçli zöriqiş, aqliy mehnatlarni kuçaytiriş tavsiya etilmaydi”, — deb yozgan Erkin Abdulahatov.