Kitob tumani SEOM boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi
Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi Kitob tumani filiali boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Kun.uz'ga xabar berdi.

«Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi Kitob tuman filiali boshlig‘i Q.N. fuqaro M.Yu.dan fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzib, niqobsiz yurganliklari holati yuzasidan ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 800 ming pora talab qilib, shundan 600 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan», - deyiladi BP ma'lumotida.
Mazkur holat yuzasidan filial boshlig‘i Q.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («pora olish») 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, SEO markazlarga ajratilgan pullarning talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlanmoqda. Masalan, Andijon viloyatida SEOM mansabdor shaxslari 159,3 mln so‘m miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Shuningdek, Qashqadaryo viloyat SEOMda 917,8 million so‘m, Namangan viloyat SEOMda 248,9 mln so‘m, Navoiy viloyat SEOMda 222,3 mln so‘m, Buxoro viloyat SEOMda 204,6 mln so‘m mablag‘ talon-toroj bo‘lgani aniqlangan edi.
Bu holatlarning barchasi dezinfeksiya vositalarini bozor narxidan qimmat narxlarda xarid qilish bilan bog‘liq.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
-
Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi
Jahon | 22:49 / 16.03.2025
Mavzuga oid

19:19 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi

10:57 / 03.03.2025
“Pora emas, rahmat sifatida bergandi” – Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi

00:41 / 27.01.2025
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi

11:30 / 11.01.2025