Joriy yilda maktablarni bitirgan öquvçilarning 81 foizi oliy ta'lim muassasasiga öqişga kiriş uçun hujjat topşirgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar bermoqda.
«Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga 366 556 nafar maktab bitiruvçilari hujjat topşirgan. Bu esa umumiy maktab bitiruvçilarning 81,3 foizini taşkil qiladi, ötgan yil uşbu körsatkiç 61 foizni taşkil qilgan edi.
Bunda oliy ta'lim muassasalariga hujjat topşirgan bitiruvçilar soni böyiça Sirdaryo viloyati yetakçilik qilmoqda, viloyatning 94 foiz bitiruvçisi OTMga kiriş istagini bildirgan va abituriyent bölgan. Keyingi örinda 92 foiz bilan Navoiy viloyati qayd etilgan, Jizzax viloyati 89,5 foiz körsatkiç bilan uçinçi örinda.
Bu yilgi bitiruvçilarning 83 foizi kunduzgi öquv şaklini, 15 foizi sirtqi va 2 foizi keçki öquv şaklini tanlagan», deyiladi XTVning Telegram kanalida e'lon qilingan xabarda.
Davlat test markazi bu yil Özbekiston böyiça 91ta oliy ta'lim muassasacida öqiş uçun 1 million 484 ming 85 nafar abituriyent hujjat topşirganini ma'lum qildi. Qayd etilişiça, bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga köpdir.


















