2020 yil 20 iyulda prezidentning “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytiriş uçun aholi, tadbirkorlik sub'yektlari, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan soliq yuklarini kamaytiriş, soliq imtiyozlari muddatini uzaytiriş, şuningdek iş örinlari va malakali mutaxassislarni saqlab qoliş maqsadida muddati 1 martdan tugaydigan alohida toifadagi mutaxassislar malaka sertifikatlarining amal qiliş muddatini uzaytiriş belgilandi. 

Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga köra, mazkur norma auditor malaka sertifikatining amal qiliş muddatini uzaytirişga ham taalluqlidir. Farmonga muvofiq vakolatli organlarga malaka sertifikatlarning amal qiliş muddatini navbatdagi malakaviy imtihonlarni ötkaziş sanasiga qadar uzaytiriş vazifasi yuklatildi.

Şu munosabat bilan 2020 yil 1 martda malaka sertifikatlari amal qiliş muddati tugaydigan auditorlar navbatdagi malaka imtihoni sanasiga qadar mavjud malaka sertifikati asosida belgilangan tartibda auditorlik taşkiloti nomidan auditorlik xizmatlarini körsatişga haqlidirlar. Şunday qilib, koronavirus pandemiyasi davrida auditorlik taşkilotida tegişli malakaga ega bölgan auditorlarning töliq soni saqlanib qolinadi.

Navbatdagi malaka imtihonini ötkaziş töğrisida qaror qabul qilingaç, tegişli ma'lumotlar Moliya vazirligi va respublika auditorlar jamoat birlaşmasi saytlariga joylaştiriladi.