Keça, 24 iyul kuni Toşkentda koronavirusdan davolanayotgan Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan, buning ortidan hokimlik axborot xizmati raddiya berib, Bobolovning özi ahvoli yaxşi ekanini aytib videomurojaat bilan çiqqan edi.
Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga köra, holat viloyat prokuraturasi tomonidan tezkorlik bilan nazoratga olinib, tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan va bu miş-miş «Haqiqatçi blogerlar» Telegram kanalida tarqatilgani aniqlangan.
Ma'lum bölişiça, kanalni Sariosiyo tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli tez tibbiy yordam bölimining şifokor-kardiologi D.O. yuritib keladi. 49 yoşli ayol Sariosiyoning Şarğun şahrida joylaşgan poliklinikada davolovçi şifokor sifatida ham faoliyat yuritadi.
«Tekşirişda fuqaro D.O. uşbu xabarni viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi xodimidan olganini ma'lum qilib, uşbu ayolning ismini aytmagan. Begona ayol öz telefon raqamidan 24 iyul kuni soat 08:00larda qönğiroq qilib, avvaliga muammolari haqida aytgan. Keyin esa göyo Surxondaryo viloyati hokimi vafot etgani haqida bildirgan.
Şu paytning özida D.O. özining «Redmi NOTE 9» rusumli telefon apparatida uşbu yolğon (rasmiy tasdiqlanmagan) xabar töğrisida post tayyorlab, Facebook va Telegram`dagi sahifalariga joylaştirgan.
Tekşiruvda töplangan hujjatlar 24.07.2020 yilda MJtKning 40-(tuhmat) va 46-moddasi (fuqaroga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan ma'lumotlarni oşkor etiş) bilan Uzun tumani ma'muriy sudiga yuborilgan va sudning şu kundagi qarori bilan huquqbuzar D.O.ga nisbatan BHMning 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Iş böyiça dalil tariqasida olingan «Redmi NOTE 9» rusumli uyali qöl telefoni ma'muriy huquqbuzarlik sodir etiş quroli sifatida davlat foydasiga musodara qilindi.
Tekşiruvlar davom ettirilib, D.O.ga qönğiroq qilib yolğon ma'lumot taqdim etgan noma'lum ayol – Termiz şahar SEOM xodimi G.R. ekani aniqlandi. G.R. öz tuşuntirişida D.O.ga mazkur yolğon xabarni aytganini bildirdi.
Mazkur holat yuzasidan G.R. ga nisbatan MJtKning 40-moddasi (tuhmat) bilan ma'muriy iş qözğatilib tegişli sud organiga yuborilgan.














