Galdagi namoyiş ötgan ikki hafta içida uyuştirilgan eng yirigi böldi. Vaholanki, Xabarovsk merligi norozilar soni kundan kunga kamayib borayotgani ta'kidlamoqda.
20 iyul kuni Vladimir Putin Furgalni «işonçni yöqotganlik» vaji bilan işdan oldi va uning örniga RLDPdan Davlat dumasi deputati Mixail Degtyaryovni vaqtinçalik gubernator etib tayinlagan edi.
Şu ondan boşlab xabarovskliklar nafaqat Furgal ustidan odilona sud, şuningdek prezidentning iste'fosini ham talab qilib çiqa boşlaşdi. «Meduza» maxsus muxbiri federal hokimiyat ularni eşitişi uçun xabarovskliklar qanday kuraşayotgani haqida hikoya qilib berdi.
Keti uzilmagan norozilik yurişi
25 iyul kuni roppa-rosa soat 12da Xabarovskdagi Lenin maydonida joylaşgan hukumat binosi oldida bir neça ming kişi töplandi. Bu vaqtda hali heç nima röy bermagan, odamlar şunçaki sönggi voqealarni muhokama etişayotgandi.
«Gubernatorimizni olib ketib, örniga Moskvadan jönatişdi. U bu yerga nimaga kerak? — deydi gulçali somon şlyapa kiyib olgan 70 yoşlardagi ayol. — Dumbulni jönatişibdi. Moskvadagilar bizni umuman haligidaqa deb hisoblaşsa kerak…»
Maydonda 10 daqiqaça töplanib turib, odamlar töpi odatga köra markaziy Muravyov-Amur köçasi tomon yöl soldi. Bu daf'a namoyişçilar yölning barça tört qatorini ham egallaşdi. Odamlar oqimi kelişda davom etardi.


Tarkibiga köra yuriş birinçi may namoyişini eslatardi — bu gal köpçilik bolalarini ham olib kelibdi. Bolalar kolyaskasida «Men/Biz Sergey Furgal» yozuvlari, bolalarga şu yozuv tuşirilgan futbolkalar kiydirilgan, qöllarida esa «Xayr, Mişa» yozuvlari tuşirilgan bayroqçalar yoki pufaklar.



















