Şayxontohur tumanining "Yoşlik" sport majmuasida koronavirus taşxisi qöyilgan bemorlarni davolaş uçun maxsus şart-şaroitlar yaratilmoqda.

Toşkent şahar hokimligi rasmiy veb saytida xabar qilinişiça, hozirda majmuaning 3 ta zalini qayta jihozlaş işlari olib borilmoqda.

Bu maskan 520 nafar bemorning salomatligini tiklaş uçun zarur bölgan tibbiy jihoz va uskunalar, xususan, IVL va SIPAP apparatlari, kislorod balonlari va boşqa zamonaviy texnikalar bilan ta'minlanmoqda.

Şuningdek, 150 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari uçun ham yotoqxona tayyorlanadi.

Bundan taşqari, Sergeli tumanining 2-bolalar va ösmirlar sport majmuasida ham 250 örinli davolaş maskani taşkil etilmoqda.

Tibbiyot xodimlari uçun bino hovlisida maxsus palatkalar qurilmoqda.

Ayni paytda maskanni eng zarur bölgan tibbiyot uskunalari bilan jihozlaş işlari davom etmoqda.

Har ikki maskanda ham şifoxonalardagidek şaroit yaratiş uçun mutaxassislar bilan hamkorlikda, ularning tavsiya va körsatmalari bilan iş olib borilmoqda.

Uşbu yangi quvvatlar yaqin kunlarda foydalanişga topşiriladi.