Surxondaryoda korxona faoliyatini to‘xtatdi – xomashyo ikki yilda 4 baravar qimmatlagan
Yog‘och-qirindili plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Surxon KSP-Grand» korxonasi 2018 yilda «Surxon sanoat qurilish» kompaniyasi negizida faoliyatini boshlagan. O‘shanda prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida faoliyat yo‘nalishi bilan tanishib, korxona tashkil etilishini ma'qullagan edi.
Shu kungacha korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 30 ming metr kub YoQP (DSP) bo‘lgan. Qo‘shimcha tarzda YoQPni laminatlash va tayyor mebel ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, «Surxon KSP-Grand» korxonasi 16 iyul kuni o‘z faoliyatini to‘xtatgan hamda 3,5 mingdan ortiq doimiy va mavsumiy ishchisini noma'lum muddatga haq to‘lanmaydigan mehnat ta'tiliga chiqargan.
«Surxon sanoat qurilish» kompaniyasi matbuot xizmati ma'lumot berishicha, yog‘och-qirindili plitalar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblangan yelim narxi so‘nggi ikki yil ichida 4 baravarga oshirilishi mahsulot tannarxi keskin ko‘tarilishi va shu turdagi import mahsulotlar bilan raqobatbardoshligi yo‘qolishiga olib keladi. Bunday paytda esa faoliyatni to‘xtatishdan o‘zga chora yo‘q.
Kompaniya kelgusida Muzrabot tumanida yiliga 150 ming metr kub YoQP ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan korxonani ishga tushirishni rejalashtirgandi. Ayni ko‘rsatkich mamlakatning shu turdagi mahsulotga bo‘lgan ehtiyojining 32 foizini qoplardi, shuningdek, 15 ming aholi ish o‘rni bilan ta'minlanardi.
Yuzaga kelgan muammo tufayli ushbu rejaning amalga oshishi savol ostida qolgan. Ichki ehtiyoj esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari emas, import mahsulotlar hisobiga qoplanishda davom etadi.
Mavzuga oid
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024