Saudiya Arabistoni taşqi işlar vazirligi vakilining Twitter’da ma'lum qilişiça, Saudiya Arabistoni taklif qilgan reja 22 iyunda boşlangan öt oçiş rejimini töxtatişni davom ettiriş, ötiş kengaşining Yaman janubida muxtoriyat e'lon qiliş hamda Adan viloyati gubernatori va xavfsizlik böyiça boşliğini tayinlaşdan voz keçişini, Yaman boş vaziriga yangi hukumatni 30 kun içida şakllantiriş vakolatini berişni öz içiga oladi. Şuningdek, ayrimaçilar Adanni tark etişlari kerak böladi.
Ötiş kengaşi saytida ma'lum qilinişiça, ayirmaçilar reja bandlaridan birini bajarib, aprelda mamlakat janubida kiritgan özini özi boşqariş rejimidan voz keçişdi.
Yamanning Janubiy ötiş kengaşi 2017 yilda taşkil etilgan bölib, kengaş va Yamanning tan olingan hukumati ma'lum muddat davomida husiylarga qarşi birgalikda kuraş olib borgan. Biroq keyinroq ular orasida ixtilof yuzaga kelgan. 2019 yilda ayirmaçilar hukumat mamlakatning vaqtinçalik poytaxti qilib belgilagan Adan şahrini bosib olgan va hukumat tarafdorlarini hokimiyatni topşirişga majbur qilgan, 2020 yil aprelda esa mamlakatning barça janubiy viloyatlarida muxtoriyat e'lon qilgan.

















